Kecha va kunduz (cyr)
Bu asarga «O‘tkan kunlar asari darajasida» deb baho berilgan. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman — dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat. Birinchi qismi «Kecha» 1933–34 yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935 yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936 yilda to‘liq holda nashr etilgan. Asardagi voqealar ilk bahorda boshlanib, qish chillasida tugaydi. Cho‘lpon romaniga «Hamal keldi — amal keldi» maqolini epigraf qilib olgan.Romanning «Bugun» deb atalgan ikkinchi qismining taqdiri to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Holbuki «Kecha» da tasvirlangan voqealarning mantiqiga ko‘ra romanning «Kunduz» qismida Zebining Sibir surgunidan, Miryoqubning esa Qrim safaridan keyingi hayotlari tasvirlanishi lozim edi. Birinchi kitobdagi tasvir etilgan voqea birinchi jahon urushi endigina boshlangan kezlarida O‘zbekiston viloyatlarining birida bo‘lib o‘tadi. Asardagi asosiy g‘oya mavjud tuzumni tag — tomiri bilan o‘zgartirishdir.
Yosh cheklovlari: 12+
Qogʻoz sahifalar: 317
Taassurotlar 10
Juda zo'r kitob. "Millatni uyg'otish - uyg'onganlarning vazifasi'
1 kishiga yoqdi
👍Tavsiya etaman
Yaxshi asar
1 kishiga yoqdi
Iqtiboslar 28
Сиз социалистларни айтасиз, — деди. — Бизнинг орамизда социалистлар йўқ. Биз социалистлардан йироқмиз. «Таржумон» нима дейди? «Таржумон» — жа-дид газеталарининг отаси Исмоил бобойнинг газети.
Миллатни уйғотиш — уйғонганларнинг вазифаси.
Илон кирган эди қўйнимга! Илонни ўпган ҳаром лабларим билан ухлаб ётган болаларимни ўпай деб қуйига эгилдим, кўнглим чидамади. Кўрпанинг қирғоғини ўпдим. Хотиним кўриб турган эди. «Бу одам биздан кечиб кетаётганга ўхшайди. Ҳатто ўз болаларини ҳам ўпкиси келмайди», деб ўйлагандир, тўлиб-тошиб йиғлаганди. Бечора хотин, билмайдики, болаларимни ўпмаслигим уларни севганлигимдан эди».