Martin Iden

To‘liq o‘qish
Bepul parchaO‘qish
Muvaffaqiyat bahosi — rassom-yozuvchi haqida ulkan roman
«Marti Iden» romanini muallifning oʻziga xos avtobiografik asari deyish mumkin. Chunki Jek Londonning oʻzi ham asar qahramoni kabi qashshoq oiladan chiqqan va oʻzining sa'y-harakatlari hamda irodasi bilan adabiyot olamida dovrug' qozongan. Inson va jamiyat, jamiyatdagi keskin sinfiy tabaqalanish, uning inson hayotidagi falsafiy-ijtimoiy ahamiyati bundan yuz yillar avval qanchalar dolzarb boʻlgan boʻlsa, ayni damda ham shunday dolzarb sanaladi. Boy xonadon qizini sevib qolgach, sof muhabbat tufayli ro'yodek tuyilgan orzuga intilgan Martin o'sha orzusiga erishganda, uning sarob ekanini anglab yetadi. Bu orzuni u emas, sevgan qizi Ruf emas, balki jamiyat va uning shafqatsiz qonunlari sarobga aylantiradi. Martin tushungan narsani Ruf hech qachon anglab yetolmaganidek, qiz ardoqlagan qadriyatlar ham Martin uchun hamisha begona boʻlib qolaveradi. Asar mutolaasidan soʻng kitobxon har qanday jamiyat va tuzumda chin inson boʻlish, buni anglay olish eng yuksak va oliy qadriyat ekanini his qiladi.
Oʻqib boʻldingizmi? Fikringiz qanday?

Taassurotlar 10

SHokhrukh Muminovtaassurotlarni ulashish1 oy oldin
Tavsiya etaman

Ofarin, tasanno!

Fikr bildirish
Jamshidbek Ergashevtaassurotlarni ulashish1 oy oldin
Tavsiya etaman

Fikr bildirish
Мансур А.taassurotlarni ulashish1 oy oldin
Tavsiya etaman
Axborot beruvchi

Fikr bildirish

Iqtiboslar 69

Qo‘pol, beso‘naqay yigit g‘oyib bo‘lganday edi. Beo‘хshov tikilgan kostyum, yara-chaqa qo‘llar, oftobda qoraygan yuz hamon qizning ko‘z oldida turardi-yu, lekin endi bularning hammasi unga faqat qamoqхona panjarasidek gap ediki, qiz bu panjara orqasida ojiz va lol qolgan buyuk qalbni ko‘rdi; u shuning uchun lol ediki, bu qalb his etgan narsalarni ifoda etishga qodir so‘z topolmas edi
2 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Oldinda kelayotgan yigit yassi kalit bilan eshik­ni ochdi. Uning ortidan kelayotgan sherigi ostonani hatlab o‘tishdan avval, boshidan kepkasini apil-tapil yulqib oldi. Egnidagi dag‘al odmi kiyimdan dengiz hidi anqib turardi; yigit kattakon zalga kirdi-yu, noqulay vaziyatga tushib qoldi. Kepkasini qayoqqa qo‘­yishni bilmay, uni buklab cho‘ntagiga tiqib qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, hamrohi qo‘lidan oldi, buni u shunday oson, shunday tabiiy harakat bilan bajardiki, yigitning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib ketdi. «Ahvolim qanaqaligini tushunyapti, – degan хayol lip etib o‘tdi miyasidan, – u meni sharmanda qilmaydi». Oyoq ostidagi pol yigitga go‘yo dengiz to‘l­qinida dam pastga tushib, dam balandga ko‘tarilayotgan palubaday tuyulganidan, hamrohi orqasidan oyoqlarini kerib, har qadamda chayqalib yurib borardi. Palubada ayqalib-chayqalib yurishga odatlanib qolgan yigit uchun bu keng хonalar judayam tor tuyuldi, u har
2 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Muhabbat aqldan yuksakdir
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish

Javonda 3

Yangi Asr Avlodi
Yandex Books UZ
Yandex Books UZ
101 kitob
246 ta obunachi
Jahon adabiyoti
Zafarbek Turdiyev
Zafarbek Turdiyev
9 kitob
Shelf, I guess..
Dabbie
Dabbie
1 kitob