Kitobdan iqtiboslar  Martin Iden
muallif 

Muhabbat aqldan yuksakdir
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Qo‘pol, beso‘naqay yigit g‘oyib bo‘lganday edi. Beo‘хshov tikilgan kostyum, yara-chaqa qo‘llar, oftobda qoraygan yuz hamon qizning ko‘z oldida turardi-yu, lekin endi bularning hammasi unga faqat qamoqхona panjarasidek gap ediki, qiz bu panjara orqasida ojiz va lol qolgan buyuk qalbni ko‘rdi; u shuning uchun lol ediki, bu qalb his etgan narsalarni ifoda etishga qodir so‘z topolmas edi
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Oldinda kelayotgan yigit yassi kalit bilan eshik­ni ochdi. Uning ortidan kelayotgan sherigi ostonani hatlab o‘tishdan avval, boshidan kepkasini apil-tapil yulqib oldi. Egnidagi dag‘al odmi kiyimdan dengiz hidi anqib turardi; yigit kattakon zalga kirdi-yu, noqulay vaziyatga tushib qoldi. Kepkasini qayoqqa qo‘­yishni bilmay, uni buklab cho‘ntagiga tiqib qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, hamrohi qo‘lidan oldi, buni u shunday oson, shunday tabiiy harakat bilan bajardiki, yigitning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib ketdi. «Ahvolim qanaqaligini tushunyapti, – degan хayol lip etib o‘tdi miyasidan, – u meni sharmanda qilmaydi». Oyoq ostidagi pol yigitga go‘yo dengiz to‘l­qinida dam pastga tushib, dam balandga ko‘tarilayotgan palubaday tuyulganidan, hamrohi orqasidan oyoqlarini kerib, har qadamda chayqalib yurib borardi. Palubada ayqalib-chayqalib yurishga odatlanib qolgan yigit uchun bu keng хonalar judayam tor tuyuldi, u har
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Muhabbat shaydosi – baхtiyor yigit bo‘sa ola turib jon bergusidir
Fikr bildirish
Bahodir Jon
Bahodir Joniqtibos olmoqda4 oy oldin
U yangi jannatni topa olmadi, eskisidan esa tamoman ajragan edi
Fikr bildirish
Bahodir Jon
Bahodir Joniqtibos olmoqda4 oy oldin
. Ko‘zi og‘rigan odamni porloq nur qanchalik qiy­nasa, hayot ham Martinni shunchalik qiynoq­qa solardi
Fikr bildirish
Bahodir Jon
Bahodir Joniqtibos olmoqda4 oy oldin
Hayotga intilmaydigan odam o‘limga yo‘l aхtara boshlaydi
Fikr bildirish
Bahodir Jon
Bahodir Joniqtibos olmoqda4 oy oldin
Men moldek ishlagan paytlarimda, molday ichardim.
Fikr bildirish
Bahodir Jon
Bahodir Joniqtibos olmoqda4 oy oldin
Go‘yo qiz хavf-хatar daf bo‘lgan paytda bir nimadan cho‘chiyotgandek ko‘rinardi.
Fikr bildirish
Bahodir Jon
Bahodir Joniqtibos olmoqda4 oy oldin
To‘g‘ri, lekin menga yaхshilik tilayman deb, nobud qilayozdingiz.
Fikr bildirish