Baqirmaydigan onalar

 Baqirmaydigan onalar

To‘liq o‘qish
Bepul parchaO‘qish
«Бақириш «сени шу ҳолатингда яхши кўрмайман» деганидир»
Farzandingizni hurmat qilasizmi? Albatta, yaxshi ko‘rasizmi deb so‘ramoqchi emasmiz, chunki millati, irqi, dinidan qat’i nazar ona maqomidagi zot borki, farzandini o‘z jonidan bir necha karra ortiq sevishi, shubhasiz! Ammo Yaratgandan beg‘ubor bir omonat, go‘zal hadya bo‘lmish bolamizga munosib munosabat ko‘rsatish, farzand tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, uning shaxsini qadrlash har doim, har birimizning qo‘limizdan kelavermasligi rost. Qo‘lingizdagi mazkur kitobni nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qib ibrat olishlarini tavsiya qilamiz. Muallif bolalarga «bizniki» deb qarash noto‘g‘ri ekani, aksincha, biz bor-yo‘g‘i egasining oldidagi bir omonatchi ekanligimizni eslatib, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarimizni mutlaqo o‘zgartiradi, xatolarimizga oyna tutadi.
Oʻqib boʻldingizmi? Fikringiz qanday?

Taassurotlar4

Muxlisa Xolmurzayeva
Muxlisa Xolmurzayevataassurotlarni ulashish3 oy oldin
👍Tavsiya etaman
💡Axborot beruvchi
🎯Foydali
Ona bolish hech bir zamon oson bolgan emas . Men istardimki har bir ona oz bolasiga onalik qilishini , kattalar yosh onalarga ha deb aql oʻrgatovermasdan ularga ham oʻzlari hohlaganday oʻz bilginlaricha farzandlariga ona bolishlariga qoyib berishlarini. Kitob menga juda yoqdi . Bazi psixologlar tomonidan pulga sotilayotgan bir qancha foydali malumotlar talaygina. Bu uchun yozuvchiga alohida rahmat.
Fikr bildirish
Muqaddas Dzhalolova
Muqaddas Dzhalolovataassurotlarni ulashish9 oy oldin
👍Tavsiya etaman
Очень полезная книга . Поможет мамам в воспитание ребёнка.
Fikr bildirish
Muhammad N.
Muhammad N.taassurotlarni ulashish1 yil oldin
👍Tavsiya etaman
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish

Iqtiboslar79

отанинг боласи учун қилиши мумкин бўлган энг яхши ёрдами унинг онасини бахтли қилиш эканлигини билиши керак.
5 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Бу мисол бизга ҳазрати Алининг пурмаъно сўзларини эслатади: «Фарзандларингизни ўз замонингиз таълимотларига кўра эмас, улар туғилган замон ҳақиқатларига мос тарбияланглар».
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Мана шу жойда айтиш керакки, ҳар куни ўзимизга, фақатгина ўзимизга, вақт ажратсак, яхши бир она, янада эътиборлироқ турмуш ўртоқ, кўпроқ фойда берадиган ходим, янада яқинроқ дўст, янада фойдалироқ бир фарзанд, қисқаси, янада тўғри қадамлар ташлайдиган ва ролларидан завқ оладиган бир инсон бўлишимиз мумкин. Албатта, бундай қарорни қабул қилиш осон, аммо уни ҳаётга татбиқ қилиш қийин бўлиши мумкин. Ҳолбуки, кичкина ўзгаришлар, аниқ қарорлар, қилинадиган нозик режалар бизга керак бўлган «ўзимиз билан ёлғиз қолиш вақти»ни тақдим қилади.
Fikr bildirish