Meditatsiya darslari
Stressdan xalos bo‘lish va ichki ovozingizni eshitish. Dam olish bo‘yicha qo‘llanma
Meditatsiya — insonni asliyatga, o‘z tabiatiga qaytaradi. Sarosimada qolgan aqlni tinchlantiradi, ruhan poklanish orqali ma’nan yetuklikka olib boradi. Aynan shuning uchun meditatsiya amaliyoti ma’naviy va jismoniy sog‘lomlikka yetishtiradigan eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Mazkur kitob Naomi Ozanes, Katsudzo Nishi, Anatoliy Nekrasovning meditatsiya haqidagi amaliy mashg‘ulot ma’ruzalari asosida tayyorlandi. Unda meditatsiya orqali salomatlikni tiklash va mustahkamlash usullari taklif etiladi, shuningdek, o‘zlikni anglash, Borliq bilan bir butunlikda ekanimizni his etishda meditatsiyaning roli sodda qilib tushuntiriladi.
Yosh cheklovlari: 12+
Nashr sanasi: 2025
nashriyot: Yangi Asr Avlodi
tarjimon: Muhayyo Rixsibekova
Qogʻoz sahifalar: 169
Iqtiboslar 22
Шарқ медитацияси ақлни ишлатишга ёки ақлга таянишга ҳаракат қилмайди. Аксинча, ақлдан устун келишга ва ҳар қандай тажриба доирасидан юқори даражада бўлишга интилади.
2 kishiga yoqdi
Бу эса болалар учун жуда муҳим. Шунинг учун куйлашни, хиргойи қилишни яхши кўрадиган болалар ўз тенгдошларига қараганда кам шамоллайдилар
1 kishiga yoqdi
Ҳужайраларда қувват ҳаракатини тиклаш кеч эмас, уларнинг нафас олиш йўлларимиз ўзлари нафас олаётганларини тасаввур қилсак бўлди. Тасаввур – қудратли куч.