Abdurahmon kabi bir kishining suvg‘a tushkan nondek shilqillab qolishig‘a: "Ko‘rpangga qarab oyog‘ uzat, mullavachcha!" deb o‘zicha kulib qo‘yar edi.
Xo‘b, muftilar qolsin, yana bir necha kun sasishsin. Biroq, Abdurahmonni to‘xtatmang, agar siz shu chuvalchangning bahridan o‘tsangiz, hamrohlariga katta ibrat ko‘rsatkan bo‘lasiz.
Anvar kulib qo‘ydi.
— Siz menim do‘stimga qattig‘ tikildingiz...
Anvarning arabcha, forsiycha lafzlardan xoli, sodda tahririni nusxalarga ko‘chirar ekan — "attaomu bilo milhi" (tuzsiz osh), deb kulib qo‘yishi muftilarni o‘ylatib qo‘yar, bu ta’nani chin ko‘ngildan chiqqanig‘a shubhalanishni-da, shubhalanmasni-da, bilmas edilar.