Bizning so‘fi mo‘min-musulmonning bu urfiga ham amal qilmaydi, u o‘z halol jufti Qurvonbibini hamma vaqt «Fitna» deb chaqiradi: «Fitna, sallamni ber!», «Fitna, qiz o‘lguring qani?», Fitna, puldan uzat!»
«Bu til, — deydi so‘fi, — doim xudoning zikri bilan qaldiraydi. Bu og‘iz hamma vaqt xudoning zikriga ochiladi. Og‘iz bilan til — bandaning jismida eng aziz va tabarruk a’zolar. Ularni xotin kishiday past maxluq oldida xor qilinadimi? Bo‘lmasa, haq taoloning bandalari it bilan ham gaplasha bersin!
Til bilan birovning aybini aytish oson, o‘z tili bilan o‘z aybini aytadiganlar juda kam