Komikslarni ilovadagi obuna orqali oʻqing
RuStore · Samsung Galaxy Store
Huawei AppGallery · Xiaomi GetApps
RuStore · Samsung Galaxy StoreHuawei AppGallery · Xiaomi GetApps
Hayvonot olamida alifbo
Har bir bolajon hayotidagi ilk kitob bu - Alifbo. Bolalar juda qiziqadigan va yaqindan bilishni xohlaydigan xilqat esa, shubhasiz hayvonot olami hisoblanadi.
Bolalar uchun maxsus tayyorlangan ushbu kitob esa ikki qiziqishni bir joyga jamlaydi. “Hayvonot olamida Alifbo” kitobi nafaqat harflarni o‘rgatadi, balki bolangizni hayvonot olamiga ham yetaklaydi. Rang-barang sahifalar va bolalar uchun mo‘ljallangan chiroyli illyustratsiyalar bolajon e’tiborini jalb qiladi. Kitobning o‘zbek, ingliz va rus tillarida berilishi esa farzandingizning poliglotlik sari dastlabki qadamlariga poydevor bo‘ladi.
Kitobning har bir sahifasi yuqori sifatli bo‘lib, kichik yoshdagi bolalar uchun xavfsiz materiallardan chop etilgan. Ranglar bolalar psixologiyasiga mos tanlangan, tasvirlar esa oson o‘rganishga va yodda saqlashga moslangan. Kitobning har bir betida harf, ushbu harf bilan boshlanuvchi hayvon nomi va uning ingliz hamda rus tillaridagi tarjimasini ko‘rish mumkin.
Mazkur Alifbo bog‘cha yoshidagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun juda mos bo‘lib, o‘yin va o‘rganishni birlashtiradi. Bolajonlar uchun nafaqat foydali, balki zavqli hamroh bo‘ladigan bu kitob uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, eshitish, ko‘rish va til o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Huquq egasi: ООО "Asaxiy Books"
Original nashr sanasi: 2025
Nashr sanasi: 2026
nashriyot: Asaxiy Books