Jarayon

To‘liq o‘qish
Bepul parchaO‘qish
«Jarayon» oson o‘qiladigan roman emas. O‘qish murakkab, tushunish uchun mehnat qilish kerak. Tahlil uchun esa vaqt lozim. Mutolaaga kirishar ekansiz, chalg‘ishingiz yoki diqqatsizligingiz butun jarayonni qayta o‘qishga «majbur qilishi» mumkin. Jumla tuzilishi, tasvirlar, yondashuv boshqa qaysidir yozuvchi uslubini eslatmaydi. Buni adibning o‘zi «Yozganlarim g‘alati», deya izohlagan. Erix Fromm «Jarayon»ni eng uzun tush, deb ta’riflagani bejiz emas. Chunki Yozef to‘xtab qolgan vaqtning harakatlanishi, ya’ni jarayonga aylanishini uzoq kutadi. O‘zining hibsga olinish sababini tushunib yetmagan asar qahramoni nafaqat tush va hush oralig‘ida yashaydi, balki qarshisidagi savollarga javobni ham hayotdan emas, tushdan izlaydi… Nihoyat, topadi! Mutolaadan so‘ng amin bo‘lasizki, Frans Kafka murakkab uslubga ega yozuvchi sifatida tush va hush oralig‘idagi yagona haqiqatni — «Jarayon»ni ortiqcha bo‘yoqlarsiz, adolat tarozisida dunyoga keltirgan!
Oʻqib boʻldingizmi? Fikringiz qanday?

Taassurotlar 3

Бахтиёр Мtaassurotlarni ulashish9 oy oldin
Tavsiya etaman
Achinarli

Fikr bildirish
Shaxram Toshtemirovtaassurotlarni ulashish10 oy oldin
Tavsiya etaman

Fikr bildirish
Gulxayo Xusanovataassurotlarni ulashish1 yil oldin
Tavsiya etaman

Fikr bildirish

Iqtiboslar 3

Йозеф К. нажотни фикрлашда деб билади
Fikr bildirish
Фуқаро вазиятининг аниқлиги жамият вазиятининг аниқлигидан бош­ланмайдими?
Fikr bildirish
Курашиш учун эса... жараёндан дарак йўқ, жараён бошланадими-йўқми, ўзи?
Fikr bildirish

Javonda 2

Yangi Asr Avlodi
Yandex Books UZ
Yandex Books UZ
101 kitob
245 ta obunachi
Jahon adabiyoti
Zafarbek Turdiyev
Zafarbek Turdiyev
9 kitob