Turkiy Guliston yoxud Axloq

 Turkiy Guliston yoxud Axloq

«Turkiy guliston yoxud axloq» 1913 yilda yozilgan bo‘lib, u axloqiy-ta’limiy asardir. Muallif bu kitob boshlanishiga «Man xastayamu millatim o‘lmish nega bemor?» degan ritorik so‘roq qo‘ygan va asar davomida ushbu savolga javob berishga harakat qilgan. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari «Axloq», «Tarbiya», «Yaxshi xulqlar», «Yomon xulqlar» deb nomlangan qismlarga bo‘linadi. Asarda diyonat, sa’y va g‘ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, sabr, nafs, vijdon, iffat, oliyhimmatlik va shu kabi yuksak axloqiy tushunchalar, zulm, nifoq, ta’ma, xasad, loqaydlik, g‘iybat, xaqorat, uyatsizlik, namimat(chaqimchilik), adovat kabi yomon xulqlar millat va vatan saodatiga e’tiborsizlik va bepisandlik bilan bog‘langan holda muhim ijtimoiy muammo sifatida talqin etilgan. «Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekub, yigirma qadoq bug‘doy olurlar. Ovrupolilar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni kelturib, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar! Ammo biz osiyolilar, xususan, turkistonlilar dumba sotub, chandir chaynaymiz. Qaymoq berib, sut oshiymiz, non o‘rniga kesak tishlaymiz!» degan fikrlar ulug‘ adib Abdulla Avloniy asr boshidayoq vatan ravnaqi, xalq saodati va millatga sodiq farzandlar tayyorlash zarurligi xususida nechog‘lik chuqur va teran mushohada yuritganini ko‘rsatib turibdi. Bu — o‘zlikni anglash, o‘z qadrimizga yetish, istiqlolni qo‘lga kiritish uchun aytilgan dadil va jasur fikrlar edi. Abdulla Avloniy shu asarida: «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatnshng ruhini yo‘qotmakdur», — deb ham qayg‘uradi. Kezi kelganda muallif hadislarga mo‘l-mo‘l murojaat etgan, Qur’oni karimdagi ulug‘ falsafiy kalomlardan unumli foydalangan. Ayniqsa Iskandar, Suqrot, Arastu, Aflotun, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa’diy kabi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq naqllar, ixcham rivoyatlar, hikoyalar asar jozibasiga joziba qo‘shgan.
Oʻqib boʻldingizmi? Fikringiz qanday?

Taassurotlar8

Ulugbek S.
Ulugbek S.taassurotlarni ulashish3 yil oldin
👍Tavsiya etaman
Zur
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Incognito 1208
Incognito 1208taassurotlarni ulashish3 oy oldin
👍Tavsiya etaman
Ich ichimdan lolman bu men uchun sinsatsiya boʼldi yaxshi yozilganiga ishonchim komil edi lekin bu qadar JAYRON yozilgan deb oʼylamagan edim odobni oshiruvchi va oʼrgatuvchi dunyodagi top 1 oʼrin asar Oʼzbekiston Respublikasi maktab va universitetlariga maslahat berar edim oʼqitishga shunda oʼquvchilar oʼqituvchilarni urishmasdi😅Afsuski bu bor gap
Fikr bildirish
Shahlo Raxmatova
Shahlo Raxmatovataassurotlarni ulashish1 yil oldin
👍Tavsiya etaman
🎯Foydali
Judayam yaxshi foydali bilmaganlarimni urgandim bilganlarimni takrotlab bilimimni mustahkamlab oldim judayam ajoyib 👍
Fikr bildirish

Iqtiboslar109

Isa Xamraev
Isa Xamraeviqtibos olmoqda2 yil oldin
Aql din ila, din amal ila, amal taqvo ila kamol topar.
7 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
«sut ila kirgan, jon ila chiqar
5 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
Beshikdan to mozorga borguncha ilm o’rgan»
4 kishiga yoqdi
Fikr bildirish

Javonda3

Hikmatlar
Tolibjon Odilkuziyev
Tolibjon Odilkuziyev
4 kitob
1
Dior
Diyorbek Rahmatullayev
Diyorbek Rahmatullayev
1 kitob
1
O’zbek klassik adabiyoti
Zafarbek Turdiyev
Zafarbek Turdiyev
23 kitob