Shisha qolip
Asarni o‘qish jarayonida, avvaliga «Belyayev ta’sirida yozilgan asar», deb o‘ylashingiz mumkin. O‘rtarog‘ida «Nafs odamni erkin yashashga qo‘ymaydi, muallif alamzada ekan», degan to‘xtamga kelsangiz, siz bilan hamfikrman. Nihoya… Yakun shaxsan meni hayratda qoldirdi. Shunchaki hayratda. Juda alamli, juda qayg‘uli, juda oddiy yakun. Xuddi parvona yorug‘likka intilib halokatini tezlashtirgani kabi oddiy. Oqil odam qilayotgan barcha amali taqdir chegarasidan chiqolmasligini bilib turib, jon kuydirgani kabi jo‘n. Kitobxon sifatida yakun alam qildi menga. Balki sizning taassurotingiz boshqacha bo‘lar…
Yosh cheklovlari: 12+
Original nashr sanasi: 2022
Nashr sanasi: 2025
nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Qogʻoz sahifalar: 185
