"Yangi asr avlodi" NMM O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlaridan biridir. Nashriyot chorak asrdan buyon zamon talablariga mos ravishda, turli janrlarda adabiyot ixlosmandlarini xushnud etib keladi.
Nashriyotning bosh maqsadi navqiron avlod ma'naviyatini oshirish, ilmiy-ma’rifiy jihatdan boy asarlarni o‘quvchilarga taqdim etishdir. "Yangi asr avlodi" professional muallif va tarjimonlar bilan hamkorlik qilishi hamda sifatli muharrirlik ishi bilan ajralib turadi. Nashriyot kitoblari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro bozorda ham o'quvchilariga ega.