Navoiy

To‘liq o‘qish
Bepul parchaO‘qish
«Navoiy» romani o'zbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, aslo kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga boʻlgan munosabati tasviridan ham o'rinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi. Darhaqiqat, «Navoiy» romani o'zining badiiy-estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning ko'zgusi boʻla olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya'ni to'qima va tarixiy obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o'z qadr-qimmatini yo'qotgan emas, yo'qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san'at asari hech qachon o'lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o'zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug' mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go'zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.
Oʻqib boʻldingizmi? Fikringiz qanday?

Iqtiboslar15

To‘g‘onbek chalasavod bo‘lsa ham, ilm-fanning qadr-qiymatini biladi.
Fikr bildirish
Uchinchi talaba ikki yil burun Shahrisabzdan tahsil uchun kelgan do‘ng peshonali, miqti gavdali, o‘tkir, yirik ko‘zli o‘n sakkiz yashar Sultonmurod edi.
Fikr bildirish
g‘ijjakni go‘zal chaladi
Fikr bildirish

Javonda2

Yangi Asr Avlodi
Yandex Books UZ
Yandex Books UZ
101 kitob
241
O’zbek klassik adabiyoti
Zafarbek Turdiyev
Zafarbek Turdiyev
23 kitob