Vaqt mashinasi
Zamonlar osha sayohat va unda texnologiyadan foydalanish g‘oyasi badiiy adabiyotga birinchilardan bo‘lib, Herbert Uellsning «Vaqt mashinasi» ilmiy-fantastik asari orqali kirib kelgan. Mazkur asarda Zamonlararo sayohatchi olis kelajakka yo‘l oladi. U borib qolgan davrda o‘ziga xos antiutopiya — ilmiy taraqqiyot va ijtimoiy tengsizlik insoniyat tanazzuliga olib kelgandi. Muallif ana shu davrga tushib qolgan sayohatchining boshdan kechirgan kutilmagan va shiddatli voqealar tafsilotlarini uning nomidan bayon etadi. Sayohatchi o‘zi tushib qolgan insoniyatning yangi jamiyatini — odamlar ishlamasdan rohat-farog‘atda, o‘yin-kulgu bilan kun kechiradigan, yuqumli kasalliklar ustidan mutlaq g‘alaba qozonilgan mazkur davrni o‘rganishga kirishadi. Yer yuzida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot to‘xtab qolgan va insoniyat mutlaq dam olish holatiga kelgan, degan birinchi va ancha chala xulosalarga keladi. Asar kutilmagan voqealarga boy, qisqacha aytganda, «Vaqt mashinasi» bilan sarguzashtli mutolaa onlarini boshdan kechirasiz.
Yosh cheklovlari: 12+
Original nashr sanasi: 2022
Nashr sanasi: 2025
nashriyot: Yangi Asr Avlodi
tarjimon: Javlon Qodirov
Qogʻoz sahifalar: 122
Taassurotlar1
👍Tavsiya etaman
🚀Ajralish imkonsiz
🐼Yoqimli
