Yandex Books UZ
Yandex Books UZ

Bolalik Kunlarimda

Tasavvuringizda jonlanuvchi ertaklar!

2019 yildan boshlab biz sizga o'zbek va rus tillaridagi audio ertaklarni ulashib kelmoqdamiz.

Goya muallifi va badiiy rahbar : Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna.

Loyiha Bilim Makon ko'magida Aqlvoy ijodiy j
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
Oltin antilopa — ochkoʼz roja, kichkina yetim bola va oltin tuyoqli sehrli antilopa haqidagi hamma yaxshi koʼrgan hind xalq ertagi. Bolaning antilopaga rahmi kelib, uni rojaning qoʼlidan qutqarishga qaror qiladi. Аmmo koʼp oʼtmay sir ochilib, voqealar kutilmagan tus oladi. Bu ertak bolalarni sahiylikka, yaxshilik qilish va oʼzimizdan zaifroq odamlar hamda hayvonlarga gʼamxoʼrlik qilishga oʼrgatadi.
Oltin antilopa
Oltin antilopa
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
Egizak olmaxonlar — Bob va Eli haqida hikoya qilinadigan zamonaviy ertak. Tug‘ilgan kunlarida Bob singlisini mazax qiladi va sehr ro‘y beradi: ularning tanalari almashib qoladi. Shundan so‘ng, ular bilan qator sarguzashtlar boshlanadi.
Bu ertak bolalarni o‘zlariga va ularga berilgan ne’matlarga shukronalik bilan qarashga, yaqinlarini qadrlashga va asrashga o‘rgatadi.
Bob va Elining tug’ilgan kuni
Bob va Elining tug’ilgan kuni
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
“Tikuvchi va qirol” — bu ibratli arman xalqertagi boʼlib, unda ayyor va shavqatsiz hukmdor mukammal tikilgan koʼrpa uchunmukofot vaʼda qilib, tikuvchilarni aldov yoʼli bilan qulga aylantirishi haqidahikoya qilinadi. Keksa dono tikuvchi ishni qoʼliga olmagunicha,mohir tikuvchilar birin-ketin zindonga tashlanaverdilar. Keksa tikuvchining jasorati, qatʼiyyati va halolligi shohning hiylasini fosh etishga va begunoh odamlarni qutqarishga yordam berdi. Bu voqea bolalarni jasurlikka, oliyjanoblikka va hatto hokimiyat qarshisida ham adolatni himoya qilishga oʼrgatadi.
Tikuvchi va qirol
Tikuvchi va qirol
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
Qadrdon uydan olingan mix” — bu ota uyini tark etib, kasb-hunar oʼrganish uchun taqdiriga ergashib yoʼlga chiqqan uch aka-uka haqida ertakdir. Katta oʼgʼillar oʼzlari bilan foydali narsa-buyumlarni olishganda, kenja oʼgʼil — Svend hammani hayron qoldirib, tugʼilib oʼsgan uyining devoridan eski, zanglagan mixni sugʼurib oladi. Keraksizdek tuyulgan narsa-buyum, buni qarangki, zukkolik va mehnatsevarlik ortidan eng kerakli buyumga aylanadi. Svend temirchi, tikuvchi va etikdoʼzga shogird tushib, turli hunarlarni oʼrganadi. Bu hikoya mehnatsevar, qatʼiyyatli va hayot yoʼlimizda bizga yordam beradigan har qanday narsa uchun minnatdor boʼlish kerakligini oʼrgatadi.
Qadrdon uydan olingan mix
Qadrdon uydan olingan mix
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
“Ipak gilam” — hunarli boʼlish, hokimiyatni boshqarishni bilishdek muhimligini tushungan hukmdor haqidagi oʼzbek xalq ertagi. Kambagʼalning qizining muhabbatini qozonish uchun shoh gilamdoʼzlikni oʼrganadi va haqiqiy hunarmand boʼlib yetishadi. Аynan shu oʼrgangan hunari keyinchalik uning hayotini saqlab qoladi: qaroqchilar qoʼliga asir tushgan shoh hunari tufayli asirlikdan qutulish yoʼlini topadi va yovuzlarni fosh qilishga muvaffaq boʼladi. Bu hikoya mehnatni qadrlashni, jasur va topqir boʼlishni oʼrgatadi, shuningdek, bilim hamda koʼnikmalar eng qiyin damlarda asqatishi mumkinligini eslatadi.
Ipak gilam
Ipak gilam
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
Qalbingizga kirib boradigan sehrli ertakni tinglashga tayyormisiz?
U kambag‘allikdan qutulishni orzu qilgan… lekin juda oson yo‘lni tanlagan va bir kuni urib turgan yuragini toshyurakka almashtirgan oddiy yigit Peter haqida.
Uning yo‘lida o‘rmon ruhlari — Shisha odam va Mixel-Dev, boyib ketish istagi va haqiqiy sinovlar uchradi. Qaybiri g‘olib chiqadi: oltinmi yoki ezgulik, sovuqmi yoki issiqlik, toshmi yoki yurak?
Ertak eng katta boylik pul emas, balki mehr-oqibat, muhabbat va qaynoq, urib turgan yurak ekanligini o‘rgatadi.
Yoqing — sizni ajoyib sayohat kutmoqda!
Muzyurak
Muzyurak
·
Vilgelm Gauf
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
Spindlston qoyasining dahshatli ajdarhosi— ingliz folьklorining eng yorqin ertaklaridan biri. Shahzoda Chayld-Uind sayohatda boʼlganida, qirollikda fojiali oʼzgarishlar sodir boʼldi: ona qirolichaning vafotidan soʼng qirol yovuz jodugarga uylandi. Yovuz oʼgay ona yosh Margaretni sehrlab, uni ajdarhoga aylantirdi, u hech kim afsunga qarshi chiqolmasligiga umid qilardi. Аmmo umid va muhabbat har qanday sehrdan kuchli boʼlib chiqdi. Bu qiziqarli ertak tasavvuringizni boyitadi, rahm-shavfqat va doimo gʼalaba sari yoʼl topadigan ezgulikka ishonchni oʼrgatadi.
Spindlston qoyasining dahshatli ajdarhosi
Spindlston qoyasining dahshatli ajdarhosi
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
“Eshak quloqli Shahzoda” — bu dunyoga kelganida parining saxiy sovgʼasiga ega boʼlgan shahzoda haqidagi qiziqarli va ibratli portugal ertagi. Shahzoda husn va jasorat bilan birga gʼayrioddiy sovgʼa — eshak quloqlariga ega boʼladi. Bu sovgʼaning maʼnosi faqat yillar oʼtib, ertak qahramoni voyaga yetib, oʼz izzat-nafsi va boshqa inson hayotidek murakkab tanlov oldida qolganida ayon boʼladi. Bu ertak bagʼrikenglikka, oʼzligini anglash, boshqalarning gʼiybatlariyu ayblovlaridan qoʼrqmaslikka oʼrgatadi va birovning sirini saqlash naqadar qiyinligini yana bir bor eslatadi.
Eshak quloqli Shahzoda
Eshak quloqli Shahzoda
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
Kichik, ammo ibratli hikoya
Tasavvur qiling? gulda to‘satdan kichkinagina qizcha paydo bo‘ldi — nozik, jasur va katta dunyoda yolg‘iz o‘zi? Bu ertak qiziqarli sayohat haqida hikoya qiladi: daryolar va o‘rmonlar osha, do‘stlik, sinovlar va ezgulikning mo‘jizasi haqida bilib olasiz.
Quyoshdan quvonadigan, qushlar bilan do‘stlashgan va mo‘jizalarga ishonadigan Dyuymchaxon haqidagi ajoyib hikoyani tinglang. Hamma uni juda kichkina deganida ham, u o‘zida baxt sari uchishga jasorat topa olardi.
Mo‘jiza sizni kanalimizda kutmoqda — ertakni yoqing va Dyuymchaxon bilan sayohatga otlaning!
Dyumchaxon
Dyumchaxon
·
Xans Kristian Andersen
Fikr bildirish
Yandex Books UZ
Yandex Books UZjavonga kitob qoʻshdi3 oy oldin
Ayyorlik ba‘zan hatto ayiq uyasidan ham omon chiqib ketishga yordam berishini hech eshitganmisiz?
Bu ertakda uch opa-singil navbatma-navbat otasi uchun tushlikni olib borish uchun o‘rmonga borishadi… lekin yo‘lda ayiqning changaliga tushishadi! Ayiq aslo badjahl emas, lekin mehmonlarni qo‘yib yuborishga ham shoshilmaydi. Nima qilish kerak?
Opa-singillardan biri nafaqat o‘zini qutqarishni, balki hammani uyga qaytarish yo‘lini topadi. Unga topqirlik, mazali pirojkilar va ozgina sehrli topqirlik yordam beradi!
Ertak topqirlik, do‘stlik va opa-singillarning oqibati haqida hikoya qiladi. Yoqing — qiziqarli bo‘ladi!
Ayiqpolvon va uch opa-singil
Ayiqpolvon va uch opa-singil
·
Aleksey Tolstoy
Fikr bildirish

Koʻproq javonlar

Barchasi
Ўзбек адабиёти дурдоналари
Ўзбек адабиёти дурдоналари
Ona yurt she’riyati
Ona yurt she’riyati
От фантастики к реальности: как технологии стали частью жизни
От фантастики к реальности: как технологии стали частью жизни