Ipak gilam

“Ipak gilam” – hunarli boʼlish, hokimiyatni boshqarishni bilishdek muhimligini tushungan hukmdor haqidagi oʼzbek xalq ertagi. Kambagʼalning qizining muhabbatini qozonish uchun shoh gilamdoʼzlikni oʼrganadi va haqiqiy hunarmand boʼlib yetishadi. Аynan shu oʼrgangan hunari keyinchalik uning hayotini saqlab qoladi: qaroqchilar qoʼliga asir tushgan shoh hunari tufayli asirlikdan qutulish yoʼlini topadi va yovuzlarni fosh qilishga muvaffaq boʼladi. Bu hikoya mehnatni qadrlashni, jasur va topqir boʼlishni oʼrgatadi, shuningdek, bilim hamda koʼnikmalar eng qiyin damlarda asqatishi mumkinligini eslatadi. Oʼzbek xalq ertagi
Musiqiy hamrohlik: xalq musiqasi