Yasab qasre saodat davrida bog‘i jahon oro,
Muattar bo‘ldi gulzoridin olam gunbazi xazro[118].
Shahi voloki berdi zeb bog‘ ichra rayohindin,
O‘shal kun tutdi yer sahnini bo‘yi anbari soro[119].
Yasarda tarhini tarroh[120]lar andog‘ sakiz gulshan,
Bu gulshan har biridin topdilar yuz ming chaman oro.