Kitobdan iqtiboslar Iqrornomamuallif Lev Tolstoy
Shuning uchun nima narsa yaxshiyu nima narsa zarur ekanini odamlarning gap-so‘ziyu qilg‘iliqlari emas, taraqqiyot emas, balki men yuragimning amriga ko‘ra belgilayman.
Men odamlarni yomon ko‘rib qoldim, o‘zimdan ham ko‘nglim qoldi.
O‘zini laqillatishning hojati yo‘q. Hammasi — behuda. Tug‘ilmagan odam baxtiyor, o‘lim hayotdan yaxshi; shuning uchun hayotdan xalos bo‘lmoq kerak
donolik ko‘p joyda g‘ussa ko‘p bo‘lar ekan: bilimli ko‘p odamning boshi qayg‘udan chiqmas ekan
Biz hayotdan qay darajada uzoqlashsak, faqat shu darajada haqiqatga yaqinlashib boramiz, — degan ekan Suqrot o‘limga tayyorgarlik ko‘rayotganida. — Haqiqatni sevguchi bizlar hayotda nimaga intilamiz
Ellik yoshimda meni o‘z-o‘zimga suiqasd qilishga undagan savol oddiy go‘dakdan tortib, donishmand qariyagacha har bir odamning qalbidan o‘rin olgan eng oddiy savol edi. Lekin bu savolga javob topmasa, yashab bo‘lmaydi, buni men o‘z hayotimda sinab ko‘rdim. Bu savol quyidagicha turur: «Men bugun qilayotgan ishdan qanday samara chiqadi? Ertaga qiladigan ishimdan-chi? Mening jamiki hayotimdan nima ma’no chiqadi
Bu kezlarda men uchun yagona haqiqat bor edi — shunday yashaginki, buning oqibatida o‘zing oilang bilan birga huzur-halovatda hayot kechir, imkoni boricha farog‘atda yasha