ta muallif kitobidan iqtiboslar  333 ruboiy

Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Gardun o‘zi — necha sobitu sayyor emish, Daryo o‘zi — necha chashmayu anhor emish. Dunyo ishidan hamisha voqif bo‘lkim, Sen bilganing ul bitta emas, bisyor emish.
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Ko‘rdim necha dardu g‘am, davoyim sen o‘zing, Chekdim necha oh-voh, havoyim sen o‘zing. Ashkimni faqat sening yo‘lingda to‘kdim, Har nechaki chorladim, sadoyim sen o‘zing...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Sen ketdingu men asiri manzil qoldim, Bu dardu g‘amu alamga mashg‘ul qoldim. Bedil ekanimnn sal unutgan erdim, Ko‘ngil senga boz kechdiyu bedil qoldim...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Bul kecha ko‘ngil to‘la surur etgaymiz, Dildorga termulib, huzur etgaymiz. Ko‘z ravshanimiz ravshan o‘lur, kam bo‘lmas, Shaming ila diydalarni nur etgaymiz...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Gar forig‘ erur ushbu jahondin havasim, Yo‘q ushbu jahon ichra tuzog‘u qafasim. Har onda chaman ziynati men birla emish, Chun rangi tarovati bahordek nafasim...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Suhbat tunu sayri gul sahar istar emish, Har soz taronai digar istar emish. Pirlikda go‘zallar labidin kechmasmen, Tishsiz kishi shir ila shakar istar emish...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Foydang yiqitib bizni, ziyon bo‘lgusidir, Har chandki bahor erur, xazon bo‘lgusidir. Oyinaku ul zamon qo‘lingdin tushdi, Aksing dag‘i ko‘zdanam nihon bo‘lgusidir...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Esmoqda nasimi yor, yorim kelgay, Gul hidi taraldi, intizorim kelgay. Vaqt yetdiki, jilva, rangga men yetgaymen, Ul oshinomu ul bahorim kelgay...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Mulloki mudom jadalga moyil bo‘ldi, Olim sanadi o‘zini, johil bo‘ldi. To o‘rtaga tushdi u, bilim lofi ila, Topgan bari ma’nolari botil bo‘ldi...
Fikr bildirish
Shax Bagi
Shax Bagiiqtibos olmoqda3 oy oldin
Har kimsaki to shikasta, dilxun bo‘lmas, Ul mulki vafoda qadri afzun bo‘lmas. Dunyodagi har tosh bo‘lavermas yoqut, Har qatrayi suv gavhari maknun bo‘lmas...
Fikr bildirish