Hind sayyohining qissasi

 Hind sayyohining qissasi

«Hind sayyohi» 1912 yili Istambulda nashr etilgan.Fitrat 1909 yilda tojik tilida yozgan «Munozara» asarida ma’rifatparvar adib sifatida Buxoro amirligi idorasiga ma’lum islohot-o‘zgartish kiritish g‘oyasini ilgari surgan edi. Biroq, u bu yo‘lning xato ekanligini payqab, «Hind sayyohi»da yangicha goyani — ma’lum darajada Buxoro amirligiga nisbatan o‘z e’tiroznomasini bayon etadi. To‘g‘ri, asarda yozuvchining hali islohchilik g‘oyalaridan butkul voz kechmagani seziladi. Biroq, Buxoro davlatining madaniyati, tabobati, sanoati va hatto yer osti boyliklaridan xalq manfaati yo‘lida foydalanish, o‘lkaning ma’naviy va moddiy boyliklari haqidagi qayg‘urishlari uni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yuksaklikka ko‘taradi.
Oʻqib boʻldingizmi? Fikringiz qanday?

Taassurotlar10

Dilnovoz Iskandarova
Dilnovoz Iskandarovataassurotlarni ulashish3 hafta oldin
👍Tavsiya etaman
Menga bu kitob juda ham yoqadi
Fikr bildirish
Mirzohid Xasanov
Mirzohid Xasanovtaassurotlarni ulashish11 oy oldin
Bir asr oldin yozilgan bo'lishiga qaramay asardagi voqealar hozir ham qisman davom etmoqda. Fitrat Turkiston xalqini parokandalikkka ketyotganini o'ksinib tasvirlagan. Har bir o'zbek o'qishi shart bo'lgan kitoblardan biri. Abdurauf Fitratni qanchalik buyuk shaxs bo'lganini his qilasan. Afsus, qatag'on bo'lmaganida edi hozirgi Turkiston qanday darajada bo'lar edi.
Fikr bildirish
Azamat B
Azamat Btaassurotlarni ulashish1 yil oldin
👍Tavsiya etaman
🔮Dono
💡Axborot beruvchi
🎯Foydali
🚀Ajralish imkonsiz
Juda zo’r kitob, maslahat beraman
Fikr bildirish

Iqtiboslar15

Xurmat
Xurmat iqtibos olmoqda5 yil oldin
O‘ylab ko‘ring, musulmonlar o‘z dinlari haqida qaerda ta’lim oladilar? Madrasada. Namozlarini qaerda o‘qiydilar? Masjidda. Bu masjid va madrasani biz uchun kim quradi? Davlatmand kishilar. Shuning uchun, davlat egalari haqoratlashga emas, madh va maqtovga loyiqdirlar.
1 kishiga yoqdi
Fikr bildirish
vodiysiga qadam qo‘yar ekan, chin haq va
Fikr bildirish
Ovro‘poliklar shirkatlarning afzalligini yaqinda kashf etib, o‘z millatlarini bu shirkatlarni tuzishga da’vat etdilar. Biroq, bizning payg‘ambarimiz bundan bir ming uch yuz yil oldin amr etib degan edilar: «Olloh taolo deydiki, ikkita bir-biriga xiyonat qilmaydigan sheriklarni men himoya etaman va qachonki xiyonat etsalar, mening himoyamdan mahrum bo‘ladilar».
Fikr bildirish

Javonda2

O’zbek klassik adabiyoti
Zafarbek Turdiyev
Zafarbek Turdiyev
23 kitob
Ilm xazinasi
Ismoil Adham
Ismoil Adham
2 kitob