Kitobdan iqtiboslar  Туркий Гулистон ёхуд ахлоқ

Alhosil, har bir millatning taraqqiy va taoliy­si [38] ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay tartibi ila yurutmakg‘a bog‘lidur.
Fikr bildirish
Topar ilm ila odam og‘li kamol, Yeturmas kamola jamol ila mol. Kerak o‘rtanur ilm uchun shamdek, Tanumoq Xudoni ilmsiz mahol.
Fikr bildirish
Bu zamonda fil ila jang aylamak erlik emas, Er o‘shaldurkim tutar ilm-u hunarning yoqasin.
Fikr bildirish
Chunki hukumat uchun xalq, xalq uchun hunar, hunar uchun ilm, ilm uchun aqcha lozimdur.
Fikr bildirish
Sihatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatimiz, alhosil, butun hayotimiz harakatimizga bog‘lidur. Harakatlik kishilar tezgina maqsudlariga yeturlar.
Fikr bildirish
Kishi yosh vaqtida ilm va ma’rifat, hunar va san’atga bo‘yin qo‘ymasa, taraddud qilmasa, albatta, qora ishchi bo‘lub qolur.
Fikr bildirish
Aql din ila, din amal ila, amal taqvo ila kamol topar.
Fikr bildirish
Ilm insonlarning madori hayoti, rahbari najotidur.
Fikr bildirish
Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paqmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar», – der. Mana, bu so‘z kishining yuragini ezar, bag‘rini yondurar. Otasiga nima dersiz, desak, «Qaysi ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o‘zlarini o‘qitmak, tarbiya qilmak lozimdur», – der.
Fikr bildirish
«Ota muhabbatini saqla! Agar san otag‘a bo‘lg‘an muhabbatni uzsang, Alloh taolo sani har turli fayzlardan mahrum qilur»,
Fikr bildirish