Hamma narsaning va hammaning qismati bir. Batavfiq odamning ham, betavfiqning ham, yaxshi-yomonning ham, pokiza va iflosning ham, qurbonlik qilgan va qilmaganning ham, sersaxovat va gunohkorning ham, qasam ichuvchi va Qasamxo‘rning ham qismati bitta. Yorug‘ dunyodagi hamma ishlarda qismatning bitta ekani yomon, shu tufayli bani odamning yuragi yomonlikka to‘la, ularning yuragidan aql qochgan, hayotlaridan ham aql ketgan.