Wardocard.quoted8 kun oldin
SEN QAYDAN BILASAN

Sen qaydan bilasan,
Balki yulduzlar
Menga sirlarini
So‘ylayotgandir.
Sen qaydan bilasan,
Balki bu ko‘zlar
Unsiz bir qo‘shiqni
Kuylayotgandir.
Sen qaydan bilasan,
Balki keng olam
Shu mo‘jaz qalbimga
Bo‘ylayotgandir.
Sen qaydan bilasan,
Balki meni ham
Kimdir qaydadir jim
O‘ylayotgandir...
  • Fikr bildirish uchun kirish yoki roʻyxatdan oʻtish