Wardocard.quoted8 kun oldin
TILLA BALIQCHA

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!
  • Fikr bildirish uchun kirish yoki roʻyxatdan oʻtish