Qadr kechasidagi qotillik
Qadr-qimmat, hurmat, oʻzaro mehr-oqibat tushunchalari, avvalo, ijtimoiy sogʻlom muhitda shakllanadi. Bu muhit sogʻlom bo'lmas ekan, qadr-qimmat toptaladi, odob-axloq meʼyorlariga putur yetadi, umuminsoniy tuyg'ular zavol topadi. Detektiv ixlosmandlarining sevimli yozuvchisiga aylangan Komil Sindarovning mazkur asari ayni mulohazalar xususida soʻzlaydi. Toʻgʻri, asar mutolaasini boshlar ekansiz, sirli qotillik yuz bergani, qotillarning izsiz gʻoyib boʻlgani, chigal vaziyatlaru kulminatsion nuqtalar va kutilmagan yechim kitobxon fikru xayolini band etadi, asarni bir nafasda oʻqib chiqishiga xizmat qiladi. Ammo zukko kitobxon mutolaa soʻngida asar nima sababdan yozildi va qanday maqsadda oʻquvchiga yetkazildi, degan savol ustida biroz bosh qotiradi.
Yosh cheklovlari: 12+
Original nashr sanasi: 2023
Nashr sanasi: 2025
nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Seriya: Tergovchi
Qogʻoz sahifalar: 236
