Bizning so‘fi mo‘min-musulmonning bu urfiga ham amal qilmaydi, u o‘z halol jufti Qurvonbibini hamma vaqt «Fitna» deb chaqiradi: «Fitna, sallamni ber!», «Fitna, qiz o‘lguring qani?», Fitna, puldan uzat!»
«Bu til, — deydi so‘fi, — doim xudoning zikri bilan qaldiraydi. Bu og‘iz hamma vaqt xudoning zikriga ochiladi. Og‘iz bilan til — bandaning jismida eng aziz va tabarruk a’zolar. Ularni xotin kishiday past maxluq oldida xor qilinadimi? Bo‘lmasa, haq taoloning bandalari it bilan ham gaplasha bersin!
Til bilan birovning aybini aytish oson, o‘z tili bilan o‘z aybini aytadiganlar juda kam
«ko‘rgazmaga qo‘yilaturgan antiqa maxluqlardan edi».
O‘z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar qadar unsiz, o‘z ko‘ngli qadar tund va xo‘mraygan bo‘lishini istagan Razzoq so‘fi xuddi shu ola-to‘polon ustiga kirib keldi!
O‘z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar qadar unsiz, o‘z
Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?
Umuman, jamoat oldida gapirishni sevmaydigan o‘zining imomlik vazifasiga ham juda rasmiy ravishda qaraydigan; uyidan jomega kelib, jomedan uyiga qaytguncha salom-alikdan boshqaga og‘iz ochmaydigan, onda-sonda yangi kelinchakday muloyim va yumshoq yo‘talib qo‘yadigan, ingichka ovozli domla imom bir necha og‘iz so‘z qilib, sud raisining iltimosini rasman o‘rniga qo‘ydi va qaytib joyiga o‘tirdi.
Bizdek fuqaro yolg‘on aytganda, ishonmagan odam bir-ikki marta zo‘raki yo‘talib qo‘ysin.
Hatto xotinlarning qiziqroq gaplarini eshitsa, kulib qo‘yardi...