205. Abu Ja’far Saydaloniy r. t. Abulhasan Soyig‘ Dinovariyning ustodidur va Junayd va Abulabbos Ato q. s. ning aqroni. Makkada mujovir erdi va Misrda dunyodin o‘tti va qabri Zaqqoq Misriyning yonidadur. Abu Said Harroz q. s. bila suh-bat tutubdur va Ibn. ul-Arabinning ustodlaridindur. Shayx ul-islom debdurki, Abulhasan Soyig‘ Dshgavariy dedikim, mening ustodim Abu Ja’far Saydaloniy dedikim; avvali ibodatimda Hazrat Risolat s. a. v. ni tush ko‘rdumki, o‘lturubdur. Va bu toifadin bir jamoat, mashoyix ul Hazratning tegrasida o‘lturubdurlar. Nogoh osmondin bir farishta indi va ilgida bir tasht va bir oftoba. Va ul Hazratning muborak iligida suv quydi. Va birin-birin mashoyix ilgiga ham quydi va iliglarni. yuvdilar. Chu manga yetti, dedilarki, ul bu toifadin emas. Ul farishta tashtni ko‘tardi va ketti. Men ayttim: Yo Rasululloh, men agarchi bu toifadin emasman, ammo sanga zohirdurki, bularning do‘stlarimen. Mustafo s. a. v. dediki, har kim bularni sevar, bulardindur. Bas ul malak kelib, mening ham ilgimga suv quydi va ilgimni yuvdum. Filhaqiqa mosivallohdin ul Hazrat s. a. v. mening sari boqib tabassum qilib dedikim, chun. bizni sevarsen, bizing bilasen!