Bolajonlar, bugun sizlar bilan birga Sharl Perroning «Parining sovgʼasi» nomli ajoyib ertakni birgalikda tinglaymiz.
Bir bor ekan, bir yoʼq ekan. Qadim zamonlarda ikkita opa-singil boʼlgan ekan. Sehrgar Pari ularning har ikkisiga ham noyob qobiliyat inʼom qilgan ekan, faqat birining olgan hadyasi nihoyatda chiroyli, ikkinchisiniki esa juda yoqimsiz ekan. Nima uchun bunday boʼlganini keling, birgalikda bilib olamiz.
Ertakni eshitib boʼlgach, oyingiz va dadangizga albatta aytib bering: 1) Siz paridan qanday sovgʼa olishni xohlardingiz? 2) Pari toʼngʼich qizni nima uchun jazoladi? 3) Qoʼpol va jahldor qiz Pari uni kechirishi uchun nima qilishi kerak edi?