Yaqin o‘tgan zamonda yashagan mehribon, oqko‘ngil va aqlli Asadulla ismli bir bola haqida eshitganmisiz? U rahmdil bo‘lganidan tushligidan ham voz kechib, yordamga muhtoj insonga ko‘mak beryapman deb o‘ylaydi. Ammo uning bu fikri xatoligini bobosi chiroyli misollar bilan tushuntirib beradi. "Tan sihatlik – tuman boylik" ertagini tinglagach, siz ham yaxshilik qilish haqida ko‘p narsalarni bilib olasiz.